2032-yilda nimalar bo‘lishini bilganingizda edi...

Bloomberg Intelligence tahlilchilarining hisobotida aytilishicha, generativ sun’iy intellekt bozorining daromadlari 2032-yilga borib 1,3 trillion dollargacha oshishi mumkin.
Bu 2022-yilda 40 milliard dollarlik foyda keltirgan hozirgi bozordan 32 baravar ko‘pdir.
Tahlilchilarning fikricha, generativ sun’iy intellekt sektori 10 yil ichida tezlik bilan o‘sishni boshdan kechiradi, natijada esa texnologiya sektori ish uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Bloombergning hisob-kitoblariga ko‘ra, sektor 10 yil davomida 42 foizga o‘sishi mumkin, bu esa neyron tarmoqlarni o‘qitish uchun infratuzilmaga, shuningdek, sun’iy intellekt modellari, reklama va boshqa xizmatlarga ega qurilmalarga bo‘lgan talabning oshishidan darak beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter