Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Aloqachilar bog‘i» tashkil etildi (VIDEO)

Xalqimizda «Ko‘chat ek, bog‘ yarat» degan naql bor. Chunki ekilgan ko‘chatlar unib-o‘sib chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, ko‘zlarni quvontiradi, ham havoning sofligini ta’minlaydi.

Joriy yil 11-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi, mazkur loyiha Prezidentimizning alohida nazoratida ekanligidan dalolat beradi.

Jumladan, 2021-yilda AKT vazirligi tomonidan ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ga ko‘ra «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK o‘ziga tegishli yer maydonlarida jami 5055 dona ko‘chat ekilgan bo‘lib, mazkur ekilgan ko‘chatlari va butalarining nobud bo‘lishini oldini olish maqsadida har bir ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha javobgar shaxslar tayinlandi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bardavom etgan holda Vazirlik tashabbusi bilan Vazirlik tizimidagi «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasiga qarashli Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 3-sonli Radiostansiya hududida 3 gektarli yer maydoni ajratilib, «Aloqachilar bog‘i» tashkil etildi.

Joriy yilning 24-dekabr sanasida AKT vazirligi va «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK rahbar va xodimlari umummilliy loyihaga o‘zlarining hissalarini qo‘shib, tashkil etilayotgan «Aloqachilar bog‘i»da ekilishi rejalashtirilgan 400 tup olma, 400 tup gilos, 400 tup bodom va 400 tup yong‘oq daraxtlarning ilk tuplari yerga qadaldi. Bu kabi jarayonlarda AKT vazirligi va «RRTM» DUK xodimlarining birgalikda faol ishtirok etilishlari quvonarlidir.

Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Aloqachilar bog‘i» yaratib, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ularni yoshlar qalbiga singdirish hamda qishloq va shaharlarimizni, mahallalar hududlarini, aholi turar joylari atrofini bundanda ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iboratdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring