Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodorodli avtobuslar pand berdi

Vodorodli avtobuslar pand berdi

Foto: Ixbt.com

Xabarning audio talqini

Dunyoning turli mamlakatlarida vodorodli transport sinab ko‘rilmoqda. Germaniyaning Visbaden shahri ham shular jumlasidandir. Lekin sinov muvaffaqiyatsiz yakunlanib, bunday avtobuslardan voz kechildi.

H2 dasturi bir yil oldin joriy etilgan, unga 5 million yevro ajratilgan edi. 10 ta vodorodli avtobus va quvvatlash stansiyasini ham sotib olib qo‘ygan.

Loyihani tugatishga asosan quvvatlash bilan bog‘liq muammo sabab bo‘ldi. Endi mamlakat bunday avtobuslarni qo‘llash niyatida emas. Lekin Germaniyani ekologik transportga bee’tiborlikda ayblash noto‘g‘ri, chunki aynan shu yerda 120 dan ortiq elektr avtobuslar xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring