O‘zbekistonlik talabalar YouTube’dan videolarni tarjima qilish va dublyaj qilish uchun sayt yaratdilar

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari YouTube’dagi istalgan videoni tez tarjima qilish va real vaqt rejimida o‘zbek tiliga dublyaj qilish uchun sayt yaratdilar.
Toshkent shahridagi Inha universitetining 4-kurs talabalari Ziyamova Maftuna, Alkamyan David, Raximova Malika ushbu ishlanmasi bilan «UZ-NLP Challenge» hakatonida 2-o‘rinni egalladilar. Hackathon doirasida jamoa YouTube’dagi istalgan videoni real vaqt rejimida tezkor tarjima qilish va o‘zbek tiliga dublyaj qilish uchun «Dubby» veb-saytini ishlab chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, «UZ-NLP Challenge» – sun’iy intellekt va matematik tilshunoslikka bag‘ishlangan hakatondir. Ishtirokchilardan o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlar asosida ilova, bot yoki boshqa dasturiy mahsulot yaratish talab qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter