Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Twttr tarixi (Xato yozmadik, Twitter avval shunday nomlangan)

Twttr tarixi (Xato yozmadik, Twitter avval shunday nomlangan)

Foto: Quokka.media

Twitter mikroblogida ilk yozuv 2006 yil 21 mart kuni paydo bo‘lgan. Uning asoschisi Jek Dorsi "twttr sozlayman" deb ilk postni yozgan edi. Ha, avvaliga uning nomida unli harflar bo‘lmagan.

Veb olamdagi ushbu maydon qisqa (eng ko‘pi 140 ta ramzdan iborat) xabarlarni almashish uchun ishlab chiqilgan. Bu ko‘plab mijozlar, ayniqsa internetga mobil telefon orqali kiradiganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Oradan bir yil o‘tib tarmoqning mashhurligi ortdi va xabarlari soni 20 mingtadan 60 mingtaga yetdi. 2008 yilda Twitter milliardlab xabarlarga ega bo‘ldi.

Shu yili Dorsi kompaniya rahbarligidan ketib, boshqa biznesni boshladi. Uning o‘rnini Evan Uilyams egalladi. Keyingi yillar davomida bosh direktorlar bir necha marta almashdi va bu albatta, ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘z navbatida, asosiy investorlar ham o‘zini chetga olishni boshladi.

2011 yilga kelibgina Twitter o‘zini biroz o‘nglab oldi. Dizayn o‘zgarib, yangi funksiyalar qo‘shildi, reklama kirib keldi, turli tillarni qo‘llab-quvvatladi.

2017 yilda unda yozilishi mumkin bo‘lgan ramzlar 280 taga ko‘paytirildi. 2019 yili ilk nomi Twttr jonlanib, yangi ilova shunday ataladigan bo‘ldi. Bu dastur orqali yangi g‘oyalarni sinab ko‘rish imkoniyati berilardi. Ijobiy natija qayd etganlari Twitter platformasida joriy etiladigan bo‘ldi.

Kompaniya tarixi mobaynida uning logotipi - moviy qushcha 5 bor o‘zgargan. Brend nomidagi o‘zak so‘z "tweet" qushlarning chug‘urlashini anglatadi. Bu bilan qisqa xabarlar hamda erkinlikka ishora qilingan va shuning uchun ham logotip qahramoni sifatida qushcha tanlangan. 

2022 yildan e’tiboran Ilon Mask qo‘lida qolgan ijtimoiy tarmoq ko‘plab sarguzashtlarni boshdan kechirgani sizga ayon. Voqealar rivoji tezligidan "Twitter seriali" deya ta’riflangani bejiz emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring