Surdo-nutqni matnga aylantirib, hammaga tushunarli qiluvchi dastur

Sankt-Peterburgli olimlar qo‘l harakatlarini tushunadigan va uni matnga aylantiradigan dastur ishlab chiqdilar. Raqamli tizim eshitish qobiliyatida nuqsoni bor bemorlarni shifokor tushunishiga yordam beradi.
Chunki eshitish qobiliyati pastlar shifokor ko‘rigida shikoyatlarini tushuntirib berolmaslikdan qiynaladilar. Ayrimlar imo-ishoralar tarjimonini yollashga harakat qiladi. Endi bunga hojat qolmadi. Videokameralar yordamida imo-ishoralar tahlil qilinib, real vaqt davomida matnga aylantiriladi.
Aniqligiga ishonch 90 foizni tashkil qiladi. Ixtirochilar hozirda uni yanada takomillashtirish niyatidalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter