Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Starlink roumungli tarif rejasi chiqardi

Starlink roumungli tarif rejasi chiqardi

Foto: 3dnews.ru

Starlink dunyo bo‘ylab amal qiladigan roumingga ega sun’iy yo‘loshli internet tarif rejasini taklif qildi. Unga 200 dollar miqdorida oylik abonent to‘lovi belgilandi. Asboblar to‘plamini esa 599 dollarga sotib olish kerak.

Kompaniya mijozlarga barqaror tezlikdagi internetni va’da qilolmaydi. Tezlik vaqti vaqti bilan pasayishi, ba’zan umuman yo‘qolib qolishi mumkin. Starlink hozirda Hindiston, Pokiston, Kambodjadan faoliyati uchun ruxsat kutmoqda.

Undan oldin kompaniya avtodom va treylerlar uchun Starlink RV tarif rejasini taqdim etgan edi. Sayohat ishqibozlari unga ulanib, oyiga 135 dollar to‘lashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring