Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasini transformatsiya qilish masalasiga to‘xtaldi.

«O‘zbektelekom» jahonning nufuzli aloqa kompaniyalariga o‘xshab, davlatga yuqori daromad keltiruvchi, sifatli xizmatlarni eksport qiluvchi, yuqori texnologik, daromadli va namunali kompaniya bo‘lishi kerak», dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yilda kompaniyaning  operatsion xarajatlari va tannarxini 15 foizga qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini ta’minlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda hozirgi murakkab vaziyatda kiberxavfsizlik masalasiga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Joriy yil birinchi chorakning o‘zida axborot tizimlariga chetdan 200 tadan ortiq kiberhujum uyushtirilgan.

«Shuning uchun bugun kiberxavfsizlik to‘g‘risida Qonunni imzoladim. Bu yangi qonun hozirgi zamon tahdidlariga qarshi kurashish uchun huquqiy asos bo‘ladi», dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring