Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning uchta kompaniyasi App Store va Google Play ’ning o‘rnini egallash uchun raqobatlashmoqda

Rossiyaning uchta kompaniyasi App Store va Google Play ’ning o‘rnini egallash uchun raqobatlashmoqda

https://www.castcom.ru

Kuni kecha Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin iOS qurilmalari uchun mashhur App Store hamda Android smartfon va planshetlari uchun esa Google Play tez orada rossiyalik foydalanuvchilar uchun ilovalarni yuklab olishni to‘xtatishi mumkinligini tasdiqladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Android qurilmalarining mahalliy do‘konlari faqat yozcha faoliyat ko‘rsatadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Raqamli rivojlanish vazirligi va tegishli kompaniyalar yaqin bir yarim oy ichida Android’ga asoslangan ilovalar uchun muqobil bozorni ishlab chiqadi.

Raqamli rivojlanish vazirligi mahalliy ilovalar do‘konini ishlab chiqishda qaysi kompaniyalar ishtirok etayotganini aytmadi ammo bu haqida tez orada rasman e’lon qilishga va’da berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, muhokamada Rossiyaning kamida uchta yirik IT kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, ular SberStore, Yandex.Store va VK MY.Games bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar ilovani may oyida ishga tushirishni rejalashtirayotganliklarini va millionlab foydalanuvchilar uchun dolzarb bo‘lgan yuqori sifatli ilovalar yaratishidan manfaatdor ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, yaqin kunlarda AHO Digital Platforms loyihasi direktori Vladimir Zikov Rossiyada Android foydalanuvchilari uchun NashStore ilovalar do‘koni paydo bo‘lishini ham rasman e’lon qildi. Ilovalar do‘konini yaratishda 700 dan ziyod kompaniyalar bilan hamkorlik qilayotgan ANO Digital Platforms rahbari NashStore’ni 2022 yil 9 may sanasida ishga tushirishni rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Raqamli rivojlanish vazirligi ochiq kodli dasturiy mahsulotlar platformasi negizida ham mobil ilovalar do‘konini ishga tushirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring