Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Psixolog Internet qanday qilib energiyamizni so‘rishini tushuntirib berdi

Psixolog Internet qanday qilib energiyamizni so‘rishini tushuntirib berdi

https://nlo-mir.ru/wp-content

Psixolog Tatyana Klishina bugungi kunda Internet foydalanuvchilariga nima tahdid solayotgani haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yosh avlodning bolaligidanoq global tarmoqqa ulanishi atrof-muhitdagi turli axborotlarni hech qanday filtrsiz qabul qilishiga zamin yaratmoqda.

Shifokorning aytishicha, insonning smartfonga kuchli bog‘lanishi nafaqat zamonaviy kasalliklar, (masalan: boshning ekranga doimiy egilishidan bo‘yin va ko‘krak umurtqa pog‘onasining egriligi), balki “energiya so‘rilishi” va ruhiy tushkunlikka ham olib keladi.

“Har bir insonning o‘z hayot haqiqati har soniyada uning sezgilari orqali yaratiladi. Masalan, urush va azob-uqubat haqidagi ma’lumotlarni o‘z ko‘zlari ko‘rib, bir lahzada og‘ir his-tuyg‘ularni boshdan kechirgan inson bu voqea va og‘riqni o‘z hayotining bir qismiga aylantiradi”, — deya tushuntiradi mutaxassis.

Natijada inson o‘zgalarga tegishli salbiy hodisalarni virtual tarzda o‘z boshidan kechiradi va unga hayotiy energiyasini beradi.

Haqiqatdan ham Internet orqali haddan ziyod ko‘p ma’lumot qabul qilish g‘oyibona tarzda bizning kuchimiz va energiyamizni tortib oladi va bu salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring