Psixolog mijozlari qatoriga kripto-qaramlar qo‘shildi

Alkogolizm, narkomaniya kabi ruhiy qaramliklar qatoriga kriptovalyutaga mukkasidan ketish ham qo‘shildi. Reabilitatsion markazlarga mazkur yangi kasallikka chalinganlar murojaat qilmoqda.
Aytishlaricha, aslida bu yangi kasallik ham emas. O‘yinlarga qaramlik azaldan mavjud bo‘lgan. Kripto-qaramlikni uning davomi deyish mumkin. Chunki kriptovalyuta ishqibozlari buni o‘yindek qabul qiladilar. Asoratlari esa davolanishi shart.
Kriptovalyuta “jinni”larining aksariyatini 30 yoshdan oshganlar tashkil etadi. Ular kursning o‘ynashidan adrenalin qabul qiladilar va tobora bu jarayonga ipsiz bog‘lanib qoladilar.
Psixologga bemorlarni asosan yaqinlari yetaklab kelmoqda. Ammo, mutaxassislarning fikricha, o‘zi muammoni anglagan holda bu yo‘ldan qaytish qaroriga kelgan insonlar tezroq tuzaladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter