Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident saytining soxta nusxasi: Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi!

Prezident saytining soxta nusxasi: Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi!

Foto: AOKA

Bugungi kunda Telegramda bir xabar tarqalmoqda. 1-martdan boshlab kimning yosh bolasi bo‘lsa, o‘sha oilaga har oyda 650 ming so‘m pul to‘lanadi, istasangiz siz ham quyidagi saytga kirib, pulingiz olishingiz mumkin, deyiladi yolg‘on xabarda.

Uz-prezident.link manzilida soxta Prezident saytining nusxasini yasashgan.

U yerga kirib, farzandingiz ma’lumotini qoldirasiz, shundan so‘ng sizdan plastik raqami va amal qilish muddatini so‘raydi, keyin esa kelgan SMS-kodni kiriting deydi.

Buyog‘i nima bo‘lishi ma’lum. Qarabsizki, firibgarlar plastikdagi barcha pulingizni yechib oladi.

Falon narsa yutdingiz, piston aksiyada g‘olib bo‘ldingiz, marhamat, tekin pulni ob qoling, mukofotga keb qoling, deb sizga yozishsa, darrov ishonib ketavermanglar, iltimos.

Yevropada yoki Afrikaning qaysidir davlatida milliarder bobongiz yoxud uzoq qarindoshingiz sizga million dollar meros qoldirdi, desa ham ishonib ketavermanglar, iltimos, deb ogohlantiradi bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring