Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-tarix: Politsiyaga tushib qolgan Pavel Durov xayoliga Telegram ochish kelgan

IT-tarix: Politsiyaga tushib qolgan Pavel Durov xayoliga Telegram ochish kelgan

Foto: Ixbt.com

2011 yilda Pavel Durov eshigini politsiya qoqadi. Bu haqida akasiga xabar berishni xohlaganida tezkor va xavfsiz aloqa vositasi zarurligini angladi. Shu payt xayoliga Telegram ixtiro qilish rejasi keldi. Politsiya bilan bog‘liq ish hal bo‘lgach, aka-uka yangi messenjer ochishga kirishib ketishdi.

2013 yilda unga oid ilk ilova foydalanishga taqdim etildi. Ko‘p o‘tmay veb-sayti ishga tushdi. Sifat yaxshilanib, nafaqat xabarlar, balki foto va video ta’minotiga ham erishdi.

2014 yilda ismi va telefon raqamini yashirgan holda nikneymdan foydalanish imkoniyati taqdim etildi. 2015 yilda esa stikerlar paydo bo‘ldi. Avvaliga stikerlar soni 14 dona bo‘lib, boshqa ilovalardan farqli o‘laroq foydalanish bepul edi.

2016 yilda jo‘natib bo‘lingan postlarni tahrirlash imkoniyati taqdim etildi. 2017 yilda esa xabarlarni o‘chirish funksiyasi qo‘shildi. Faqat bu uchun 2 kunlik muddat chegarasi mavjud edi. Shu yili qo‘ng‘iroq qilish ham joriy qilingan.

2018 yili Telegram Passport xizmati yo‘lga qo‘yildi. U pasport, xorijiy pasport, kvitansiya kabi hujjatlarni saqlashga eshik ochdi.

2019 yilda postlarni o‘chirishda 2 kunlik cheklov bekor qilinib, o‘zi va suhbatdoshidan barcha yozishmalarni o‘chirish imkoniyati kiritildi.

2020 yili videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi kirib keldi. 2021 yildan kompaniyaning reklamali xabarlari tiqishtiriladigan bo‘ldi.

2022 yilda istovchilar uchun pullik obuna - Telegram Premium taklif qilindi. Shu yili faol foydalanuvchilari 700 milliontadan oshganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring