OnePlus Ace2 smartfoni taqdim etildi

Kuni kecha OnePlus Ace2 smartfoni taqdim etildi va u ikki rangda mavjud: Vast Black va Glacier Blue.
Jamlanmada smartfonning o‘zi, shaffof korpus, 100 Vt quvvatga ega zaryadlovchi, kabel va skrepka mavjud.
Orqa yuza xiralangan shishadan qilingan, bu esa barmoq izlariga deyarli chidamli ekanligini izohlaydi.
Kamera bloki OnePlus Ace 11 bilan bir xilda ishlab chiqarilgan, ammo bu yerda telefoto yo‘q. OnePlus Ace2 50 megapikselli asosiy modul, keng burchakli va makro kameralarga ega.
SIM-karta porti pastki qismida USB-C ulagichi yonida joylashgan. Bundan tashqari, ikkinchi dinamik mavjud va birinchisi suhbat dinamiki bilan birlashtirilgan.
Narxi 410 dollardan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter