Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar itlarning o‘y-xayollari bilan qiziqishdi va MRT orqali aniqlashdi

Olimlar itlarning o‘y-xayollari bilan qiziqishdi va MRT orqali aniqlashdi

Foto: "Gazeta.ru"

Emori universiteti olimlari ishlab chiqqan neyrotarmoq itlarning fikrlarini MRT orqali aniqlashga urinishdi. Tajriba davomida itlarni jim yotishga o‘rgatishdi.

Bu holatda itlarga turli predmetlar va harakatlar aks ettirilgan videolar namoyish etildi: itlarning qanday yugurishi, odamlar bilan o‘ynashi, qushlarni quvishi, o‘tayotgan mashinalar, mushuklar va boshqalar.

Keyin olingan ma’lumotlardan foydalanib, neyron tarmoq itning MRT tasvirida aniq nimani ko‘rishini aniqlashga o‘rgatilgan. Natijada algoritm 99 foiz hollarda ob’yekt va harakatni aniqlay oldi.

Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, olimlar itlar va odamlarning tafakkuri tubdan farq qiladi, degan taxminni ilgari suradilar. Inson miyasi birinchi navbatda ob’yektlarga, itlar esa harakatlarga e’tibor beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring