Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

@ - “kuchukcha”ni “shilliqqurt”, “maymunning dumi”, “Oyning qulog‘i” deydiganlar bor

@ - “kuchukcha”ni “shilliqqurt”, “maymunning dumi”, “Oyning qulog‘i” deydiganlar bor

Foto: "Livejournal.com"

1965 yili Massachusets texnologiya institutida “MAIL” nomli ilova yaratdilar. U operatsion tizim bazasida ishlar edi. Kompyuter foydalanuvchilari u orqali bir-birlariga qisqa xabarlar yuborardilar. Xabarlarning bari "MAIL BOX”, ya’ni pochtalar qutisida saqlanardi. Demak, elektron pochtalar internetdan oldin tug‘ilgan, xabarlar avvalo kompyuter orqali almashilgan.

1971 yili Rey Tomlinson uzoqdagi kompyuterlarga ham maktub jo‘nata oladigan ilovani ishlab chiqdi. Ayni shu vaqtda o‘sha biz bilgan “kuchukcha” – “@” ham tug‘ildi. U inglizcha “at” – “da” predlogining qisqartmasini ifodalardi. Masalan, eshmat@mail.ru Eshmat “mail.ru”da ekanini anglatadi. Ya’ni, uni shu yerda topishingiz mumkin, bu uning manzili.  

“Kuchukcha”ning nomlari ko‘p: Italiyada uni “shilliqqurt”, Niderlandiyada “maymunning dumi”, Qozog‘istonda “Oyning qulog‘i” deyishadi.

1972 yili Tomlinson elektron pochtalar faoliyatini rivojlantirdi va osonlashtirdi. Unda maktublarni tartibga keltirish va alohida ro‘yxat tashkil qilish imkoni bo‘ldi.

1975 yildan elektron pochta ARPANET orqali ishlashga moslasha boshladi. Shuningdek, elektron pochtalarning mavqei oshib, davlat darajasida foydalana boshlandi.

1987 yili 20 sentyabrda xalqaro darajadagi ilk elektron maktub Xitoy va Germaniya o‘rtasida almashilindi.

1994 yildan reklama mazmunidagi xatlar – spamlar jo‘natishni boshlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring