Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gmail sun’iy intellektli spam-filtrni ishga tushirdi

Gmail sun’iy intellektli spam-filtrni ishga tushirdi

Foto: Droider

Gmail elektron pochta servisida neyrotarmoqli yangi spam-filtr ishga tushdi.

Neyrotarmoq xabarlardagi ilgari faqat odam tushuna olgan, biroq spam-himoya ajratishga qiynalgan juda ko‘plab maxsus belgilar, smayllar, xatolar va hokazo elementlarni tahlil qiladi. Bundan tashqari, tizim gomogliflarni ham aniqlay oladi. Gomogliflar — grafik jihatdan bir-biriga o‘xshash, ammo mazmunan farqlanuvchi belgilar.

100 ta tilni tushunuvchi yangi algoritmni Gmail servisida tatbiq etish boshlangan. Qiziq, sun’iy intellektning kuchi spamga yetarmikin?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring