Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-huquq: Kiberxavfsizlik ob’yekti va sub’yektiga nimalar kiradi?

IT-huquq: Kiberxavfsizlik ob’yekti va sub’yektiga nimalar kiradi?

Foto: Smart-soft.ru

Savol: Kiberxavfsizlik ob’yekti va sub’yektiga nimalar kiradi?

Javob: "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida bu haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Kiberxavfsizlik ob’yekti — axborotning kiberhimoya qilinishini hamda milliy axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatda foydalaniladigan axborot tizimlari majmui, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlari.

Kiberxavfsizlik sub’yekti — milliy axborot resurslariga ega bo‘lish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha elektron axborot xizmatlari ko‘rsatish, axborotni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi sub’yektlari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring