Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-huquq: Axborot mulkdori va axborot egasi. Farqi nimada?

IT-huquq: Axborot mulkdori va axborot egasi. Farqi nimada?

Foto: "Expertnov.ru"

Savol: Axborot mulkdori va axborot egasi. Farqi nimada?

Javob: "Axborotlashtirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida har biriga alohida ta’rif berilgan.

Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori — axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi — qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring