Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone’dagi shriftlarni qanday o‘zgartirsa bo‘ladi?

iPhone’dagi shriftlarni qanday o‘zgartirsa bo‘ladi?

Foto: mail.ru

Ishlab chiquvchi iOS 16 versiyalaridan biridagi bo‘shliqdan foydalangan va standart Apple shrift formatini bir nechta noodatiy variantlarga o‘zgartirgan. Ular orasida eski Samsung smartfonlarida uchratish mumkin bo‘lgan g‘alati shrift Choco Cooky  ham bor edi.

Juovey Chjan (Zhuowei Zhang)shriftni qayta yozish uchun maxsus dasturni taqdim etdi. U iOS 16.1.2 va undan oldingi versiyalarida ishlaydigan qurilmalarga ta’sir qiluvchi CVE-2022-46689 ekspluatatsiyasi bilan ishlaydi. iOS 16.2 versiyasida u allaqachon tuzatilgan, deb yozadi 9to5Mac.

Eslatib o‘tamiz, endi standart iOS shrifti San Francisco hisoblanadi. Tizim uni sukut bo‘yicha ishlatadi. Entuziast tajriba o‘tkazishga qaror qildi va o‘rniga yangi shriftlarni yukladi. Ular orasida DejaVu Sans Condensed, Serif, Mono va Choco Cooky bor yedi. Oxirgisi, ehtimol, eng qiziqarli. Ilgari bu shrift Samsung smartfonlarida oldindan o‘rnatilgan edi.

Ishlab chiquvchining aniqlik kiritishicha, o‘zgartirish iOS’dagi matnning faqat bir qismiga ta’sir qiladi, chunki tizimning boshqa qismlari turli shriftlardan foydalanadi. Har kim o‘z harakatlarini takrorlashi mumkin. Jarayon xavfsiz va qurilmani buzmasdan amalga oshiriladi, ammo tizim shriftini almashtirishdan oldin smartfonning zaxira nusxasini yaratgan ma’qul.

Qanday takrorlash kerak

Chjan ilovasi jeylbreykni talab qilmasa-da, uni iPhone yoki iPad’da ishga tushirish oson emas. Buning sababi shundaki, Xcode loyihasini o‘zingiz kompilyasiya qilish yoki uni qurilmangizga o‘rnatish uchun IPA faylini ishlab chiquvchi sertifikati bilan qo‘lda imzolashingiz kerak.

Loyiha haqida qo‘shimcha ma’lumot, jumladan uning manba kodi GitHub’da mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring