Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask: Marsga chiptalarni «deyarli hamma» sotib olishi mumkin – uning narxi 100 ming dollar

Ilon Mask: Marsga chiptalarni «deyarli hamma» sotib olishi mumkin – uning narxi 100 ming dollar

Foto: "ixbt.com"

Ilon Mask Marsga chiptalarni «deyarli hamma» sotib olishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, u 100 000 dollarlik shartli narx haqida aytib o‘tdi . Agar bunday miqdorda pulingiz bo‘lmasa, unda  kredit olishingiz mumkin.

Yaqinda bergan intervyusida Maskdan bunday sayohatning narxi haqida so‘rashdi. Uning ta’kidlashicha, narx qisman iqtisod, shuningdek, Marsda shahar qurish uchun zarur bo‘lgan millionga yaqin odamni jalb qilish uchun sayohatni arzon qilish zarurati bilan bog‘liq.

«Agar Marsga sayohat uchun taxminan 100 000 dollar kerak bo‘lsa, menimcha, deyarli har kim ishlashi, tejashi va 100 000 dollar yig‘ib, agar xohlasa Marsga borishi mumkin. Biz Marsga borishni istagan har bir kishi uchun narxni hamyonbop qilmoqchimiz» – deydi Mask.

2020 yilda Mask 2050 yilgacha shahar qurish uchun 1 million odamni Marsga jo‘natish uchun 10 yil davomida 1000 ta SpaceX kosmik kemasini qurishga umid qilayotganini aytgan edi. Keyinchalik u birinchi odam Mars yuzasiga 2029 yilda qadam qo‘yishini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring