Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk dronga qo‘y, o‘rdak va xo‘roz yo‘lovchilik qilgan

Ilk dronga qo‘y, o‘rdak va xo‘roz yo‘lovchilik qilgan

Foto: "Rc-hobby.com.ua"

Dronlar tarixi 1782 yilga borib taqaladi. Aka-uka Eten va Jozef Mongolfelar tutun bilan to‘ldirilgan pufakni havoga uchirishdi.

Apparat 154 kilogramm edi. Pufak deyarli 300 metr balandlikka ko‘tarildi va havoda 10 daqiqa davomida uchib yurdi. Birinchi dronning ilk yo‘lovchilari qo‘y, o‘rdak va xo‘roz hisoblanadi. Ixtirochilar nima sababdan aynan bu jonivorlarni tanlaganlari ma’lum emas.

Ilk harbiy dron 1849 yili Venetsiyada ishlatilgan. Italiya inqilobi vaqti dronlardan harbiy maqsadlarda ko‘p bor foydalanishgan. To‘ntarishlarni dronlar bilan amalga oshirilishi o‘sha paytda omma orasida katta vahimalarga sabab bo‘lgan.

XIX asrning oxirlarida Nikola Tesla radio boshqaruvli dronlarni taqdim etdi. Ilk parvoz Nyu-Yorkdan amalga oshirildi. Oldindan rejalashtirilib, dasturga kiritib qo‘yilgan vaqt kelganida u dushmanning boshiga tosh otar edi. AQSh hukumati ushbu dronni qo‘llab-quvvatladi.

1933 yili britaniyalik muhandislar dronlarning ancha takomillashgan turini ishlab chiqdilar. Undan armiyada faol foydalanildi. Ikkinchi jahon urushida ayniqsa qo‘l keldi.

Keyinroq dronlar bilan birgalikda kvadrokopterlar ham ixtirochilar diqqat markazida bo‘ldi. Ko‘plab mamlakatlar qonunchiligiga dronlar faoliyatini kirita boshladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring