Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilg‘or raqamli ko‘nikmalarga ega ayollar 36 foiz yuqori daromad olishadi

Ilg‘or raqamli ko‘nikmalarga ega ayollar 36 foiz yuqori daromad olishadi

Foto: Mitc.uz

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “O‘zbekistonda gender raqamli tafovut: qisqartirish yo‘llari va usullari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Bandlik va kambag‘alikni qisqartirish vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yetakchi ayollari muloqoti platformasi, Gender adolat liderlari – volontyorlari, fuqarolik jamiyati va OAV vakillari ishtirok etdi.

Har yili 8-mart sanasi butun dunyoda ayollar huquqlari harakatining markazi sifatida nishonlanib, gender tenglik, reproduktiv huquqlar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalalariga e’tibor qaratiladi.

Tadbir davomida “O‘zbekistonda gender raqamli tafovut”ni aniqlash bo‘yicha o‘rganishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglikka ushbu tafovutni qisqartirish yo‘llari orqali erishish va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar haqida muzokaralar olib borildi. Tadbir ishtirokchilarning ushbu mavzudagi salbiy gender stereotiplari bilan ham kurashish borasidagi taklif va tavsiyalari eshitildi.

Bugun barchamiz texnologiyalar jadal rivojlanib, kundalik hayotimizning muhim qismiga aylanib borayotgan zamonda yashayapmiz. Biroq, dunyo aholisining deyarli yarmini tashkil qiluvchi ayollarning 37 foizi, turli sabablarga ko‘ra, internetdan foydalana olmaydi. Erkaklarga qaraganda 259 milliondan kamroq ayollar internetga kirish imkoniyatiga ega.

O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi 2022-yilda o‘tkazgan “O‘zbekistonda gender raqamli tafovut”ni aniqlash bo‘yicha o‘rganishlari xotin-qizlarning raqamli ko‘nikmalari erkaklarnikidan qariyb 24 foiz ortda qolishini tasdiqladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 35 yoshdan oshgan ayollar 35 yoshdan kichik ayollarga qaraganda 10 foiz kam malakaga ega. Ilg‘or raqamli ko‘nikmalarga ega ayollar 36 foiz yuqori daromad olishadi. Shuningdek, oliy ma’lumotli ayollar oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan ayollarga qaraganda 46 foiz ko‘proq raqamli ko‘nikmaga ega.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda gender raqamli tafovutni qisqartirish orqali gender tenglikka erishish bo‘yicha yangi yondashuvlar, g‘oyalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring