Ijtimoiy tarmoqning ilk foydalanuvchilari - harbiylar

Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lib, dunyo onlayn va oflayn turlarga bo‘lindi. Insonlar veb olam orqali muloqotda bo‘lishni afzal ko‘ra boshladilar. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi 1954 yili sotsiolog Jeyms Barns tomonidan kiritilgan.
Lekin unda internetdagi muloqot emas, insonlar va tashkilotlarning o‘zaro aloqasi nazarda tutilgan edi. Internet paydo bo‘lgach, ushbu tushuncha ancha kengaydi. 1835 yili rus yozuvchisi va faylasufi Odoyevskiy “4338-yil” deb nomlangan asari ijtimoiy tarmoqlar rivoji haqidagi farazlarni ilgari suradi. Ularning ba’zilari bugungi kunda rost chiqqan bo‘lsa, ayrimlari fantastik hayolligicha qolib ketdi.
Kompyuter yordamida ishlatiladigan ilk ijtimoiy tarmoq 1971 yili vujudga keldi. U harbiylar tomonidan ma’lumot almashinish maqsadida foydalanildi. 1988 yili finlik olim Yarko Oykarinen internet-chat dasturini ilgari surdi.
Lekin ijtimoiy tarmoqning ommalashuvi 1995 yilga to‘g‘ri keladi. Biroz o‘tib amerikalik Rendi Konrads sinfdoshlar muloqotiga asoslangan ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqdi. Facebook, VKontakte, Twitter va Instagram kabilar kirib kelgach, ijtimoiy tarmoqlarning tarafdorlari tubdan oshib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter