Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistondagi IT-ko‘rgazmada 100 dan ortiq startap loyihalar namoyish etildi (Foto)

Hindistondagi IT-ko‘rgazmada 100 dan ortiq startap loyihalar namoyish etildi (Foto)

Foto: «Egov.uz»

Endilikda har qanday mamlakatda elektron hukumat tizimini rivojlantirish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish hamda davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng muhimi, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga zamonaviy IT yechimlarni qo‘llagan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish, bu bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish davr talabi bo‘lib qolaveradi.

Joriy yilning 23-25-mart kunlari IT-Park rezidentlaridan iborat delegatsiya a’zolari qatorida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari ham har yili Hindistonda o‘tkazib kelinadigan IT-xizmatlar va xalqaro xaridorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan «INDIASOFT» ko‘rgazmasida qatnashishdi.

Ko‘rgazmaning birinchi kunida Hindiston hamda Xalqaro AKT sohasidagi 800 ta korxona va ilg‘or tashkilotlar 100 dan ortiq startap loyihalar, shuningdek, 50dan ziyod ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Jumladan, «Blockchain» texnologiyasi doirasidagi hamda Veb va mobil ilovalar bo‘yicha xizmatlar taqdimoti o‘tkazilib, axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha erishilgan natijalar o‘rtoqlashildi.

24-mart, ya’ni ko‘rgazmaning ikkinchi kunida Hindiston tomon dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, moliyaviy IT xizmatlar, davlat va jamoat xizmatlariga doir taqdimotlar o‘tkazish barobarida elektron imzo va hujjatlarning elektron aylanmasi, raqamli turizm, raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi xizmatlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa IT sohasida dunyoning yetakchi mutaxassislari ma’ruzalari tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring