Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi muhokama qilindi

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalar departamenti rahbar-xodimlari va Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi natijadorligi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 80 dan ortiq idoralarning raqamlashtirishga mas’ul rahbar o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilishda oxirgi yillarda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlari va elektron xizmatlarni samarali joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda bu amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ijobiy baholanayotgani aytib o‘tildi.

O‘tgan yilning sentyabrida e’lon qilingan BMTning “Elektron hukumat” reytingida O‘zbekiston 6 pog‘onaga yuqorilab 193 davlat ichida 63-o‘ringa chiqdi, oxirgi 2 tareyting hisobida esa umumiy 24 pog‘onaga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga ko‘ra, BMTning “Elektron hukumat” reytingida mamlakatimiz yuqori 30 talikka kirish vazifasi qo‘yilgan.

Yig‘ilishda “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari va jalb etilgan xorijiy ekspertlar bilan birgalikda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlili olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, har bir vazirlik va idora joriy etilgan axborot tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, 24/7 rejimda texnik qo‘llab-quvvatlash, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va elektron xizmatlar sonini va sifatini oshirib borishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring