Google fotosuratlardagi «shovqinni» olib tashlaydigan neyron tarmoq yaratdi

Google kompaniyasi o‘zining RawNeRF neyron tarmog‘i ishini namoyish etdi, u kam yorug‘lik sharoitida olingan fotosuratlardagi «shovqinni» yo‘q qilishga qodir. Neyron tarmoq RAW tasvirlar bilan ishlaydi va Google tomonidan taqdim etilgan rasmlarda ko‘rib turganingizdek, u «shovqinni» juda yaxshi olib tashlaydi, bu esa fotosuratni yanada aniqroq qiladi. Misol uchun, dastlab to‘liq o‘qib bo‘lmaydigan lavhadagi matn ham o‘qiladigan bo‘lib qolganini ko‘rish mumkin.
RawNeRF yaratuvchilari ta’kidlashicha, u boshqa shunga o‘xshash neyron tarmoqlarga qaraganda butun sahnaning ranglari va tafsilotlarini aniqroq tiklashi mumkin. Bundan tashqari, RawNeRF sahnani turli burchaklardan ko‘rish, tasvirning ekspozitsiyasi, rang diapazoni va fokusini o‘zgartirish uchun kamera o‘rnini almashtirishi mumkin. To‘g‘ri, neyron tarmoqning barcha manipulyasiyalari uchun dastlab turli burchaklardan olingan RAW formatidagi bir nechta fotosuratlar kerak bo‘ladi. RawNeRF ishlab chiqilayotgan bo‘lsa-da, u qachon tijorat maqsadlarida ishlatilishi aniq emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter