Eng yaxshi akkumulyatorga ega smartfon
DxOMark mutaxassislari yangi Honor’ni baholab, uni akkumulyatorlar reytingida birinchi o‘ringa qo‘yishdi. U yana nimalarni taklif qiladi?
5100 mA/soat akkumulyatorga ega Honor Magic5 Lite eng yaxshi deb topildi. U akkumulyator ishlashining barcha jihatlarida, jumladan avtonomiya, zaryadlash va samaradorlik jihatidan ustundir.
Smartfon tegishli testlarda 152 ball to‘plagan. O‘rtacha foydalanish bilan birgina zaryadlanishda 3 kundan ortiq, maksimum foydalanishda esa deyarli 2 to‘liq kun davom etdi. Uning analoglari bunga qodir emas.
Katta batareya YouTube - 24 soat, TikTok - 19 soat tomosha qilish imkonini beradi. Zaryadlashsiz 11 soatgacha o‘ynashingiz mumkin. 40 Vt quvvatga ega Honor SuperCharge texnologiyasi tufayli zaryad tezda to‘ldiriladi.
Honor Magic5 Lite texnik xususiyatlari
- Ekran: 6,67 dyuym, AMOLED 2400 x 1080 piksel, 120 Gs;
- Protsessor: Snapdragon 695;
- Kamera: asosiy 64 MP, ultra keng 5 MP, makro kamera 2 MP/old kamera 16 MP;
- Akkumulyator: 5100 mA/soat, 40 Vt tez zaryadlash;
- OT: MagicUI 6.1 (Android 12 asosida).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter