Snapdragon 8 Gen 3 va sun’iy yo‘ldosh aloqasiga ega birinchi smartfon
Internetda Honorning bo‘lajak flagmani – Magic6 Pro aks etgan surat paydo bo‘ldi. Yangi mahsulot sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlashi va Snapdragon 8 Gen 3 protsessordagi birinchi modelga aylanishi rasman tasdiqlangan.
Ushbu model haqida hozircha maxsus texnik tafsilotlar yo‘q. Faqatgina qurilma 1 dyuymli optik formatdagi 50 megapikselli OmniVision OV50K yangi sensorini olishi aytildi. Shuningdek, Porsche dizayni kelajakdagi flagmanning yuqori versiyasida qo‘llaniladi. Smartfon taqdimoti 2024 yil yanvarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter