Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng kuchli android-smartfonlar qaysi?

Eng kuchli android-smartfonlar qaysi?

Foto: Antutu.com

AnTuTu benchmarki 2023-yil fevral oyi uchun eng kuchli android-smartfonlar reytingini tuzdi.

Snapdragon 8 Gen 2 yagona protsessorli tizimiga asoslangan geymerlar uchun mo‘ljallangan Nubia Red Magic 8 Pro+ flagmanlar orasida eng kuchlisi deb topildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni xuddi shu platformaga asoslangan vivo X90 Pro+ va iQOO 11 egalladi. AnTuTu qayd etishicha, eng yaxshi 10 ta qurilmadan yettitasi Snapdragon 8 Gen 2 platformasi asosida ishlaydi.

Subflagmanlar orasida Dimensity 8200 yagona chipli tizimiga asoslangan iQOO Neo7 yetakchi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Dimensity 8100 Ultra mobil platformasi asosidagi Xiaomi 12T va Realme GT Neo3 egalladi.

O‘rta darajadagi byudjet qurilmalari reytingida Nothing Phone 1 yetakchilik qilmoqda, undan keyingi o‘rinlarda — Realme GT Master va Poco X5 Pro. Ularga Snapdragon 7-seriyasining bir chipli tizimlari o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring