Elektronikaga qiziqishdan universal dasturchilikkacha

IT Park axborot texnologiyalari sohasida katta yutuqlarga erishayotgan yoshlar haqidagi hikoyalarni havola etishda davom etadi. Navbatdagi qahramon – Buxoro muhandislik texnologiyalar institutining magistratura bo‘limida tahsil olayotgan Sherzodjon Jo‘rayev.
U IT sohasida 2018-yildan boshlab ishlab kelmoqda. Elektronikaga bo‘lgan qiziqishi uni universal dasturchi bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Hozirda qahramon FrontEnd: HTML, CSS, JavaScript, bootstrap, BackEnd: PHP, Larawel, SQL, mySQL, Postrgresql, shuningdek, C++, Python kabi dasturlash tillarini mutaxassisi hisoblanadi.
Sherzodjon dastlab ta’lim olish manbalari va offlayn darslarning kam bo‘lganligi, keyinchalik esa murakkab masalalarga yechimlarni topishda muammolarga duch kelganini ta’kidlab o‘tdi.
Ustozlardan va turli xil dasturlash tillarini mustaqil ravishda o‘rgangan bo‘lib, hozirda loyihalardan 700 dollardan boshlab daromad oladi.
Shu bilan birga, robototexnika, tarmoq admistratori, dasturlash, BackEnd yo‘nalishlarida 100 ga yaqin bolalarga dars beradi.
Umumiy hisobda 10 ga yaqin loyihalarda ishtirok etgan. Ular orasida viloyatdagi korxonalar ishlarini qo‘l mehnatidan avtomatik boshqaruvga o‘tkazish, turli xil tijorat platformalari, katta hajmli ma’lumotlarni tahlillashni avtomatik yondashuvi kabilar mavjud.
Qahramonimiz, “Elba” loyihasi asosida hozirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Italiya, Ispaniya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ishlamoqda.
Sherzodjonning fikricha, IT sohasida yakka tartibda loyihani bajargandan ko‘ra, jamoa bilan ishlash jarayonida bilimlar almashish, turli xil startaplar ishlab chiqishda jamoaviy ishtirok etish, bir muammoning turli xil yechimlarini muhokama qilish va ko‘rib chiqish afzalroqdir.
Qahramonimiz o‘z tajribasini yanada oshirishni, shuningdek, hozirgacha to‘plagan tajribasini sohaga kiradigan yoshlarga ulashishni va O‘zbekistonni yangi IT-markaziga aylantirishda o‘z hissasini qo‘shishni orzu qiladi.
Sherzodjon o‘zining misolida ishtiyoqi bo‘lgan har qanday inson IT mutaxassisi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib bermoqda. Asosiysi — intilish, mehnat qilish va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishdir. IT-markazlar esa ushbu maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter