Dunyodagi eng katta samolyot eng yuqori balandlikka ko‘tarildi

Kaliforniyadagi “Stratolaunch” kompaniyasiga tegishli dunyodagi eng ulkan samolyot “Roc” yettinchi sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. U maksimal balandlikka ko‘tarildi.
Samolyot 3 soatu 1 daqiqa davomida havoda bo‘ldi va 8 200 metr balandlikka ko‘tarilib, dunyo rekordini o‘rnatdi.
U gipertovushli tadqiqotlarga ixtisoslashgan samolyotdir. Kompaniya samolyot bilan bog‘liq yana bir qancha sinovlarni o‘tkazib bo‘lgach, yil oxirida faoliyatga yo‘naltirilgan ilk parvozni amalga oshirish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter