Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisa - bo‘ydoqlar uchun xavfli!

Alisa - bo‘ydoqlar uchun xavfli!

Foto: "YouTube"

Endi telefondagi Alisa uy ishlarini ham qiladi. Qanday qilib, deysizmi?

“Yandeks” yangi ilovani ishga tushirdi. Bu telefondagi kotiba orqali aqlli uy texnologiyalarini amalga oshirishga qaratilgan. Yangi mobil ilova bepul.  

Alisaning faoliyati kengayib, telefon hayoti bilan cheklanmay qoldi. U xonadondagi maishiy texnika, datchiklar va qurilmalarni boshqaradi. Masalan, tongda ko‘zingizni ochishingiz bilan “Alisa, uyg‘on” desangiz, u radioni ishga tushiradi, choy qo‘yadi va hammomning chirog‘ini yoqadi.

Alisa bor ekan, aqlli uyni yo‘ldan turib ham boshqarish mumkin. Uydan tashqarida bo‘lsangiz ham ehtiyojga ko‘ra changyutgichni ishlatishingiz, konditsionerni yoqishingiz mumkin. Yoki biror texnikani yoqiq qoldirmadimmikin, deb xavotir olishga o‘rin yo‘q, Alisaga aytsangiz, o‘zi o‘chirib qo‘yadi.

Harakatlarni oldindan ssenariylashtirish imkoniyati bois Alisa sizni bir og‘iz so‘zingizdan tushunadi. Misol uchun, “Alisa, uyga ketyapman” desangiz, u darrov konditsionerni yoqib uylarni salqinlatib yoki pechka bilan isitib, yo‘lakning chirog‘ini yoqib qo‘yadi.

“Yandeks” Alisani chaqqonlashtirish uchun foydalanuvchilarning takliflariga ochiq ekanini bildirdi. Biz esa “temir xotin”ni bu darajada mukammallashtirmaslikni maslahat beramiz. Axir bo‘ydoqlarning uylanish fikridan qaytishi hech gap emas! Ertalabdan choy damlaydigan, ishdan kelgunicha uyini sarishta qilib o‘tiradigan, yana tunu kun suhbatlashishga tayyor Alisa bo‘lganidan keyin erkaklar "Xotin nimaga kerak?!" deb qolishlari mumkin-da! 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring