“Yandeks” kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga ko‘chirdi
“Yandeks” kompaniyasi yandex.kz platformasiga xizmat ko‘rsatuvchi serverlarni Qozog‘iston hududiga ko‘chirdi. Bu haqda Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib TASS xabar berdi.
“Yandeks” Qozog‘iston hududiga yandex.kz serverlarini ko‘chirish jarayonini nihoyasiga yetkazdi. Ko‘chirish ishlari avgust oyidan buyon Qozog‘iston raqamlashtirish vazirligi bilan kelishgan reja asosida amalga oshirildi. Endilikda yandex.kz mamlakat ichkarisida joylashgan serverlarda ishlaydi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlik izohlashicha, “Yandeks Qozog‘iston” jamoasi mamlakatga kerakli uskunalarni keltirgan va ishga tushirgan. So‘ngra yuklama testlari o‘tkazilgan, sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangach, yandex.kz portali to‘liq mahalliy serverlarga o‘tkazilgan.
“Yandeks Qozog‘iston” milliy resurslarni mustahkamlash ustida rejali ishlayapti va qozog‘istonliklar uchun o‘z servislarini mahalliylashtirmoqda. Serverlarning mamlakatimiz hududiga ko‘chirilishi — muhim qadam. Bu bizning foydalanuvchilarimizning ma’lumotlari Qozog‘istonda ishlanishini anglatadi. Vazirlik o‘z fuqarolarimiz ma’lumotlarining xavfsizligiga katta e’tibor qaratmoqda”, — dedi Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bag‘dot Musin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter