Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«ALBISON» IT kompaniyasi bepul dasturlash kurslarini tashkil qiladi(VIDEO)

«ALBISON» IT kompaniyasi bepul dasturlash kurslarini tashkil qiladi(VIDEO)

Nurislom Razzoqov, ALBISON IT kompaniyasi muassisi:

– Amiti universitetidagi o‘qishim davomida kursdoshlarim bilan frilanser sifatida xorijiy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatganmiz. Davlat va korporativ muassasalardan buyurtma ola boshlaganimiz uchun o‘sha vaqtlardayoq kompaniya ochib, mahalliy bozor uchun ishlashni niyat qilgandik. Ishimiz davomida biz kadrlar muammosiga duch keldik. Biz malakali xodimlarni topa olmadik. Universitetlarni tugatgan dasturchilar oddiygina kasbiy va asosiy ko‘nikmalarga ega emas edi. Keyin esa IT mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish uchun trening markazi ochishga qaror qildik. Kurslarni tugatgandan so‘ng, biz ularga kompaniyamizda yoki ular tanlagan boshqa kompaniyada ishlashni taklif qilamiz.

Bizda haftalik seminarlar va treninglar tashkil etilgan bo‘lib, ularda biz nafaqat sohani rivojlantirish, balki ish suhbatidan o‘tishda ham yordam beramiz.

Shuni ta’kidlaymanki, bo‘lajak dasturchilarning asosiy muammosi ular ishni aniq  nimadan va qayerdan boshlashni bilmasliklaridir. Shunda «veb dasturlash» bazasidan boshlaymiz. Dastlabki bosqichdan o‘tgandan so‘ng, ular kelajakda o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan yo‘nalishlarda harakat qilishlari ancha oson bo‘ladi. Kimdir mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi va keyin bekend yo‘nalishini o‘zlashtirishni taklif qilamiz. Ammo ba’zilar dizaynda o‘zlarini ko‘proq ifoda etishlari mumkin - biz ularga frontend yo‘nalishi bo‘yicha borishni tavsiya qilamiz.

Bizning kurslarimiz bepul va ta’lim sifatiga ta’sir qilmaydi. Barcha o‘qituvchilarimiz Epam va iTechArt kabi xalqaro kompaniyalarda katta tajribaga ega bo‘lgan markazimizning bitiruvchilari hisoblanishadi.

Bizda o‘qish uchun bazaviy ingliz tili ko‘nikmalariga ega bo‘lishingiz kerak. Talab juda qattiq - talabalar barcha berilgan uy vazifalarini bajarishlari kerak, agar ular bajarilmasa, talaba kursni davom ettira olmaydi – aynan shu sababli biz yuqori natijalarga erishdik.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring