Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi “EPAM Systems” kompaniyasining Nyu-Yorkdagi ofisida O‘zbekistonni Mintaqaviy IT markazga aylantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi

AKT vazirligi “EPAM Systems” kompaniyasining Nyu-Yorkdagi ofisida O‘zbekistonni Mintaqaviy IT markazga aylantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto: "mitc.uz"

20 iyun kuni Nyu-York shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov va “EPAM Systems” kompaniyasi asoschisi, prezidenti va direktorlar kengashi raisi Arkadiy Dobkin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekistonda malakali IT-kadrlar tayyorlash va iste’dodlarni rivojlantirish, shuningdek, IT sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv doirasida “EPAM Systems”kompaniyasi asoschisi, prezidenti va direktorlar kengashi raisi Arkadiy Dobkin IT-kompaniyalar uchun mamlakatimizda yaratilgan sharoitlarni alohida e’tirof etdi.

Shu bilan birga, A. Dopkin tomonidan nima uchun aynan O‘zbekiston kompaniya rahbariyati tomonidan relokatsiya uchun tanlangani, mamlakatimizda IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sohaga bo‘lgan ye’tiborni inobatga olib, ushbu relokatsiyani qisqa vaqtlarda amalga oshirilganligini alohida ta’kidladi.

Dopkin O‘zbekiston yaqin kelajakda IT yo‘nalishida nafaqat Markaziy Osiyodagi, balki butun mintaqadagi yirik IT-xab bo‘lishiga ishonishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring