Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyaning “Gakusho” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Yaponiyaning “Gakusho” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Gakusho” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, yoshlarni IT ta’limga yo‘naltirishni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Xususan, maktab, universitet yoshidagi o‘quvchilarning qo‘shimcha ta’lim olishi uchun zarur metodik qo‘llanmalarni Yaponiya tajribasiga asoslangan holda tayyorlash va yoshlarda ITni o‘rganish uchun muhim bo‘lgan matematik ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ta’lim kontentlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli ta’limni rivojlantirish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar hamda tegishli takliflar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring