Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vengriyaning 4iG kompaniyasining raisi bilan O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga investitsiya va hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Vengriyaning 4iG kompaniyasining raisi bilan O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga investitsiya va hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Vengriyaning 4iG kompaniyasining raisi Jaszai Gellert bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv avvalida kompaniya raisi uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonning Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida erishgan ajoyib natijasi bilan tabrikladi. 

O‘z navbatida, vazir Davlatimiz rahbari tomonidan Olimpiada o‘yinlarida kuchli 15 talikka kirish maqsadi qo‘yilganini va bu shuning samarasi ekanini qo‘shimcha qildi.

Shundan so‘ng kompaniya vakillari tomonidan taqdimot o‘tkazilib, olib borayotgan ishlari, kelgusidagi rejalari haqida ma’lumotlar berildi hamda o‘zaro hamkorlik qilish uchun potensial imkoniyatlar yetarli darajada ekani qayd etildi. 

O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga investitsiya va hamkorlik masalalari hamda uning IT va raqamlashtirish imkoniyatlarini muhokama qilindi.

Shu bilan birga, IT Park rezidenti bo‘lish, soliq imtiyozlaridan foydanilish hamda kompaniya filialini yurtimizda tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi. 

Shuningdek, kompaniya rahbariyati joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan "ICT Week 2024” AKT haftaligiga taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring