Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda eng ko‘p sotilgan 15 telefon (infografika)

Tarixda eng ko‘p sotilgan 15 telefon (infografika)

Foto: Rozetked

Visual Capitalist mediakompaniyasi tahlilchilari mobil telefonlar bozorining ko‘p yillik tarixi davomida eng ko‘p sotilgan 15 telefonni aniqlashdi. Qiziq reyting chiqdi: shuncha yillar davomida kurash asosan ikki brend o‘rtasida kechgan, 2024-yilga kelib ulardan birigina tirik.

Reytingda sotilgan modellar soni inobatga olindi, yetakchilik tugmali Nokia 1100 ga nasib etdi, o‘z davrining eng old telefoni 250 million nusxa sotilgan. Uning bunchalik keng ommalashuvini ekspertlar narxi hamyonbopligi, o‘zi ixchamligi va yaxshi dizayni bilan izohlashadi. Eng ko‘p sotilgan telefonlar orasida yetakchiga eng yaqini uning avlodi — Nokia 1110 bo‘ldi — 248 million nusxa.

Uchinchi o‘rin 222 milliontadan sotilgan iPhone 6 va iPhone 6 Plus o‘rtasida taqsimlandi. Bular Apple tarixida eng ko‘p sotilgan smartfonlar hamdir. Oddiy iPhone 6 shunchalik ommalashgandiki, hatto 2017-yilda Hindiston va Xitoy bozori uchun qayta chiqarilgan.

Reytingdagi qolgan qatorlar ham asosan Nokia va Apple telefonlari o‘rtasida taqsimlanganiga guvoh bo‘lamiz. Yagona istisno — ko‘p sotilishi bo‘yicha 14-o‘rinni egallagan Samsung E1100 (150 million dona sotilgan). Reytingni 146 mln dona sotilgan iPhone 5 yopib bergan.

2023-yilda shunga o‘xshash reytinglarning yetakchi uchligini faqat Apple smartfonlari band etgandi: iPhone 14 (26 million), iPhone 14 Pro (24 million) va iPhone 14 Pro Max (31 million).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring