Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida IT Park Surxondaryo filiali vakillari qatnashdilar

“Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida IT Park Surxondaryo filiali vakillari qatnashdilar

Foto: Digital.uz

Qozon shahrida “Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumi tashkil etildi. Mazkur forumda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi tarkibida viloyat IT Park filiali rahbariyati ham ishtirok etdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Tatariston Respublikasi bilan axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Surxondaryo viloyatiga IT-sohasining yetakchi korxonalarini jalb qilish hisoblanadi. 

Forum doirasida Tatariston Respublikasi korxonalari faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda IT korxonalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari, “Zero Risk”, “Regional HQ”, “Local2Global”  va boshqa qo‘llab-quvvatlash dasturlari, global biznes yuritish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi yoshlar salohiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Tomonlar startap ekotizimini rivojlantirish hamda IT-autsorsing sohasida tajriba almashdilar.

Ta’kidlash lozimki, ushbu tashrif hududlar o‘rtasida axborot texnologiyalari, autsorsing va o‘zaro manfaatli sheriklik uchun tajriba almashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring