Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Oʻzbekkosmos” agentligi delegatsiyasi BMT Kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish qo‘mitasining 67-sessiyasida ishtirok etdi

“Oʻzbekkosmos” agentligi delegatsiyasi BMT Kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish qo‘mitasining 67-sessiyasida ishtirok etdi

Agentlik rahbariyati sessiyadagi nutqi davomida sohaga oid bo‘lgan quyidagi dolzarb yo‘nalishlarni yoritib o‘tdi.

Ta’lim va yoshlarni jalb qilish:

O‘zbekistonda ta’lim yo‘nalishiga sarmoya kiritilayotganligi va universitetlar bilan hamkorlik orqali bo‘lajak kosmik mutaxassislar tayyorlanayotganligi haqida ma’lumot berildi.

Davlat kosmik monitoring dasturi 2024-yil so‘ngiga qadar Davlat kosmik monitoring dasturini milliy darajaga olib chiqish rajalashtirilganligi, Yerni masofadan zondlash va GIS kabi kosmik ilovalardan foydalangan holda, ushbu dastur barqaror rivojlanishni ta’minlash va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Xalqaro hamkorlik:

Mintaqaviy va xalqlar miqyosdagi hamkorliklarda faol ishtirok etib kelinmoqda.

Sessiyada UN ESCAP doirasida “Oʻzbekkosmos” agentligining Virtual sun’iy yo‘ldosh turkumi loyihasidagi ishtiroki ofatlardan oldingi xavflarni aniqlash va boshqarishga katta yordam berishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida qo‘shma Cubesat loyihasi ustida ishlanayotgani va yoshlarni ilhomlantirish hamda sohaga kengroq jalb qilish maqsadida kosmik lagerlar tashkil etilayotganiga urg‘u berildi.

Shu bilan birga, “Azercosmos” bilan hamkorlikda kosmik texnologiyalardan foydalangan holda iqlim o‘zgarishi ta’sirini kuzatish loyihasi ishga tushirilayotgani aytib o‘tildi.

Sessiyada sohani rivojlantirish maqsadida BMTga affillangan Markaziy Osiyo kosmik fan va texnologiya ta’lim markazini O‘zbekistonda tashkil etish taklifi berildi.

Shuningdek, Orol dengizi inqirozining ekologik ta’sirini hisobga olib, suv resurslarini samarali boshqarish uchun kosmik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani, 2027-yilda suv resurslarini boshqarishda kosmik texnologiyalar bo‘yicha 7-konferensiyani O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi, bunda suvdan xavfsiz kelajak uchun innovatsion yechimlarga e’tibor qaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring