Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“NEC” korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan telekommunikatsiya yo‘nalishida istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

“NEC” korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan telekommunikatsiya yo‘nalishida istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona – 2025” Jahon mobil kongressi doirasida “NEC” korporatsiyasining vitse-prezidenti Takashi Sato bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “O‘zbektelekom” AK bilan hamkorlikda yangi tarmoqlarni kengaytirish va qo‘shimcha internet kanallarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va boshqa yapon moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar xususida fikr almashildi.

Ma’lumot uchun: “NEC” – global texnologik kompaniya bo‘lib, telekommunikatsiya, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va IT-infratuzilma sohalarida yetakchi hisoblanadi. Kompaniya 1899-yilda Yaponiyada tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ilg‘or texnologik yechimlarni taklif etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring