Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyaning Milliy assambleyasi kongressmeni bilan uchrashuv o‘tkazildi

Koreyaning Milliy assambleyasi kongressmeni bilan uchrashuv o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining Milliy assambleyasi kongressmeni Yun Jin Kvon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston – Koreya o‘rtasida IT yo‘nalishida uzoq yillardan buyon ko‘p tomonlama mustahkam munosabatlar o‘rnatilganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, hamkorlikda bir necha loyihalar amalga oshirilganini va bu ko‘p qirrali hamkorlikni kelgusida yanada kengaytirishni alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik, Koreya IT-kompaniyalari uchun O‘zbekistonda IT-autsorsing operatsiyalarini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, tizim integratsiyasi va ITni qo‘llab-quvvatlash kabi hamkorlikning muayyan sohalarini aniqlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, yurtimizda xorijiy kompaniyalar, xususan, IT-sohasi uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida Koreya o‘yin kompaniyalari va O‘zbekiston IT kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, yangi kontentlarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni o‘rganish, ikkala mamlakatning ijodiy va texnik tajribasini birlashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, IT Park Uzbekistan faoliyatining umumiy samaradorligini oshirish uchun Koreya texnoparklari va innovatsion markazlari bilan tajriba almashish, qo‘shma startap loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Ushbu uchrashuv raqamli texnologiyalar sohasida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat taqdim etib, IT-autsorsing va boshqa sohalarni rivojlantirish orqali ikkala davlat ham o‘zaro o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantiradigan umumiy tajriba va resurslardan foydalanishi uchun sharoit yaratadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring