Jahon bozoridagi eng kuchli 10 smartfon — AnTuTu
AnTuTu mutaxassislari 2023-yil uchun yakuniy reytingni tuzishdi, unda global bozorning dekabr oyidagi eng kuchli smartfonlari aniqlandi. Turli mamlakatlarda taqdim etilgan smartfonlar reytingga kirtilgan bo‘lsa-da, g‘oliblik Xitoy smartfoniga nasib etdi.
Demak, 2023-yilning dekabr reytingi yetakchisi — 2 086 638 ball to‘plagan iQOO 12, bu kuchli o‘nlikka kirganlar orasida Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 protsessori o‘rnatilgan yagona smartfon.
Ikkinchi o‘rinda — Xiaomi 13 (1 559 604, protsessor — Snapdragon 8 Gen 2). Xuddi shu protsessorning kuchaytirilgani o‘rnatilgan smartfonlar yetarlicha ball to‘play olmasdan keyingi o‘rinlardan joy oldi: Samsung Galaxy S23 Ultra (1 551 689) va Samsung Galaxy S23+ (1 551 358). Yetakchi beshlikni Nubia Z50 (1 542 570) yakunlab berdi.
Oddiy Galaxy S23 (1 518 165) — oltinchi, Dimensity 9200+ protsessorida ishlovchi Xiaomi 13T Pro (1 507 811) — yettinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarda: OnePlus 11 (1 473 552), Honor Magic5 (1 373 930) va POCO F5 Pro (1 314 761).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter