Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei Mate 60ni deb xitoyliklar qaysi smartfonlardan voz kechishmoqda? (infografika)

Huawei Mate 60ni deb xitoyliklar qaysi smartfonlardan voz kechishmoqda? (infografika)

Foto: Mobiltelefon

Huawei Mate 60 turkumi sotuvga chiqqanidan buyon rekordlar ustiga rekordlar o‘rnatyapti va Mate oilasining eng ko‘p sotilgan qurilmasi bo‘lishga juda yaqin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xitoyliklar Mate 60ni tanlash uchun qaysi smartfonlardan voz kechishmoqda. Ushbu savolga javobni Merit Interactive tadqiqotchilari berishdi.

Demak, ma’lumotlarga ko‘ra, xaridorlarning aksariyati (taxminan 58 foizi) — Huawei fanatlari, ya’ni eskirgan modellarni yangi Mate 60ga almashtirayotganlar.

Mate 60ni afzal bilib, boshqa brendlardan voz kechganlar taqsimoti deyarli bir xil — Vivo (11,39 foiz), Honor (10,66 foiz), OPPO (9,08 foiz) va Xiaomi (8,12 foiz). Biroq iPhonedan voz kechuvchilar soni shunchalik ozki, ular “boshqalar” (3 foizdan kamroq) orasida ko‘rinmaydi ham. Yana bir diqqatga sazovor jihat: qimmat Mate 60 Pro+ xaridorlari orasida OPPO va Xiaomi sobiq foydalanuvchilari yo‘q hisobi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring