Foydalanuvchilar kuzning eng yaxshi iOS-qurilmalarini tanlashdi
AnTuTu foydalanuvchilar eng yaxshi baholagan iOS-qurilmalar reytingini yangiladi. Ro‘yxatga Apple chiqargan planshetlar va smartfonlar kirdi, qizig‘i, ular orasida yangi ayfonlar yo‘q.
Demak, “xalq tanlagan” qurilmalar orasida yetakchisi — 2017-yilda chiqqan, 10,5 dyuymli iPad Pro 2 plansheti bo‘ldi, undan foydalanganlarning 96,69 foizi ijobiy baholagan.

Ikkinchi o‘rinda — iPad Air 4 (96,4 foiz), uchinchi — iPhone 12 mini (95,91 foiz), to‘rtinchi — iPhone SE /2020 (95,14 foiz). Kuchli beshlikni 95,1 foiz natija bilan 12,96 dyuymli iPad Pro 4 plansheti yopib berdi.
Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni 11 dyuymli iPad Pro 2 (94,9 foiz) va iPad Pro 3 (94,39 foiz), iPad Air 5 (94 foiz) va iPad mini 5 (93,2 foiz) band qildi. O‘ninchi o‘rinda — “qariya” iPhone 8 (93,13 foiz).

E’tiborli jihati, “sevimli qurilmalar” ro‘yxatiga so‘nggi yillarda chiqarilgan bironta ayfon kirmadi. Ular qanday ko‘rsatkichlarga egaligi haqida AnTuTu xabar bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter