Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Foydalanuvchilar kuzning eng yaxshi iOS-qurilmalarini tanlashdi

Foydalanuvchilar kuzning eng yaxshi iOS-qurilmalarini tanlashdi

Foto: Apple

AnTuTu foydalanuvchilar eng yaxshi baholagan iOS-qurilmalar reytingini yangiladi. Ro‘yxatga Apple chiqargan planshetlar va smartfonlar kirdi, qizig‘i, ular orasida yangi ayfonlar yo‘q.

Demak, “xalq tanlagan” qurilmalar orasida yetakchisi — 2017-yilda chiqqan, 10,5 dyuymli  iPad Pro 2 plansheti bo‘ldi, undan foydalanganlarning 96,69 foizi ijobiy baholagan.

iPad Pro 2

Ikkinchi o‘rinda — iPad Air 4 (96,4 foiz), uchinchi — iPhone 12 mini (95,91 foiz), to‘rtinchi — iPhone SE /2020 (95,14 foiz). Kuchli beshlikni 95,1 foiz natija bilan 12,96 dyuymli iPad Pro 4 plansheti yopib berdi.

Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni 11 dyuymli iPad Pro 2 (94,9 foiz) va iPad Pro 3 (94,39 foiz), iPad Air 5 (94 foiz) va iPad mini 5 (93,2 foiz) band qildi. O‘ninchi o‘rinda — “qariya” iPhone 8 (93,13 foiz).

iPhone 8

E’tiborli jihati, “sevimli qurilmalar” ro‘yxatiga so‘nggi yillarda chiqarilgan bironta ayfon kirmadi. Ular qanday ko‘rsatkichlarga egaligi haqida AnTuTu xabar bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring