Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng qimmat kompaniyalar nomi e’lon qilindi

Dunyodagi eng qimmat kompaniyalar nomi e’lon qilindi

Foto: Yandeks

Interbrand dunyoning eng qimmat kompaniyalari yillik reytingini taqdim etdi.

Bu yil ham eng qimmatbaho kompaniyalar ro‘yhatidagi eng yetakchi brend o‘zgarishsiz qoldi.

Biroq, umumiy brend qiymatining o‘sishi o‘tgan yilga nisbatan pastroq bo‘ldi.

Mazkur reyting 100 ta brendni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 502,7 mlrd dollarlik Apple kompaniyasi yillik o‘sish qiymati 4 foizni tashkil etgan holda, ketma-ket 11 marta ham ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.

Microsoft esa ikkinchi o‘rinni egallada. Ushbu brend 316,7 milliard dollarga baholandi, bu o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga ko‘p.

Kuchli uchlikni Amazon kompaniyasi 276,9 milliard dollar (+1%) bilan yakunladi.

Qolgan yettita o‘ringa Google, Samsung, Toyota, Mercedes, Coca-Cola, Nike, BMW hamda Johnson & Johnson, Sephora, Nespresso, Heineken va Canon kompaniyalari kirdi.

Barcha brendlar qiymatining umumiy o‘sishi joroy yilda 5,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 16 foizga yetgan edi.

Natijada, tahlilchilar bozor turg‘unlik davriga kirdi va vaziyatni to‘g‘irlash uchun biznes faoliyatini va brend boshqaruvini yaxshilash kerak, degan xulosaga kelishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring