Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barselonada “Giga-2025” forumi: O‘zbekistonning raqamli ta’lim sohasidagi tashabbuslari taqdim etildi

Barselonada “Giga-2025” forumi: O‘zbekistonning raqamli ta’lim sohasidagi tashabbuslari taqdim etildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2025” doirasida Xalqaro elektaloqa ittifoqi (ITU) va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Giga-2025: Umumjahon maktab aloqasi uchun innovatsiyalarni kengaytirish” tadbirida ishtirok etdi.

Mazkur forum global ta’lim muassasalarini internet tarmog‘iga ulash, ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish va raqamli bo‘shliqni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, xalqaro ekspertlar, davlat vakillari va yetakchi IT-kompaniyalar ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida “The Giga Journey: muammolarni hal qilish va maktablarni ulash uchun yangi loyihalarni ishlab chiqish” mavzusida muhokamalar tashkil etilib, unda O‘zbekiston tomoni o‘z tajribasi va erishilgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, uchrashuvda tegishli tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan GIGA-Accelerator Model loyihasi haqida ma’lumotlar berildi. 

Ushbu loyiha O‘zbekistondagi umumta’lim maktablariga yaqin hududlarda yashovchi aholining internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha innovatsion, ishonchli va hamyonbop yechimlarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring