Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Shanghai Spacecom Satellite Technology Ltd” rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“Shanghai Spacecom Satellite Technology Ltd” rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Barselona shahrida “Shanghai Spacecom Satellite Technology Ltd” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, internet xizmatlarini rivojlantirish va qamrovni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar raqamli infratuzilmani mustahkamlash, internet sifatini yanada oshirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldosh aloqalaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganish borasida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik istiqbollarini batafsil tahlil qilish va keyingi qadamlar bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring